“INGLIZ TILINI O‘QITISHDA YANGI YOʻLLAR: YUTUQLAR, MUAMMOLAR, YECHIMLAR” MAVZUSIDA XALQARO KONFERENSIYA O‘Z ISHINI BOSHLADI

19.01.2024

Bugun, 19-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ingliz tilini o‘qitishda yangi yoʻllar: yutuqlar, muammolar, yechimlar” mavzusida xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur xalqaro konferensiyaga AQShning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Jonatan Xenik, AQSh Davlat departamentining til boʻyicha ekspertlari, shuningdek, Oliy taʼlim vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi vakillari mehmon sifatida tashrif buyurdi.

Oliy oʻquv yurtlari va umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari va tadqiqotchilarni til oʻqitish va oʻrganish sohasidagi soʻnggi ishlanmalar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan anjumanni OʻzDJTU rektori, professor I.Tuxtasinov ochib berdi va barcha ishtirokchilarga tabrik yoʻlladi. 
AQShning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Jonatan Xenik ham konferensiyada soʻzga chiqdi va Oʻzbekistonda ingliz tilini oʻqitish natijalari va uni yanada rivojlantirish istiqbollaridan mamnunligini bildirdi. 

Anjumanning birinchi qismida soʻzga chiqqan ishtirokchilar oʻqitishning zamonaviy uslublari va bu boradagi yechimini kutayotgan vazifalar haqida oʻz tajriba va fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Ma’lumot o‘rnida “Ingliz tilini o‘qitishda yangi yoʻllar: yutuqlar, muammolar, yechimlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya ertaga, ya’ni 20-yanvar kuni ham bo‘lib o‘tadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seventeen − 4 =