INKLYUZIV TA’LIM TAMOYILLARINI INTEGRATSIYALASH BO‘YICHA SEMINAR TASHKIL ETILDI

16.01.2024

2024-yil 15-16- yanvar kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi direktori vazifasini bajaruvchi Djamilya Gulyamova va Vestminster universiteti global hamkorlik va ishga joylashish bo‘yicha prorektori Aleksandra Huges tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida universitetda inklyuziv ta’lim tamoyillarini integratsiyalash bo‘yicha seminar tashkil etilib, unda o‘quv dasturlari materiallarini qayta ko‘rib chiqish, keng ko‘lamli ta’lim ehtiyojlarini yanada qo‘llab-quvvatlash uchun professor-o‘qituvchilar va xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × 2 =