INNOVATSION RIVOJLANISH VAZIRLIGI YOSH OLIMLAR UCHUN QISQA MUDDATLI ILMIY STAJIROVKALAR TANLOVINI E’LON QILDI

25.02.2021

O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi barcha fan yo‘nalishlari bo‘yicha yosh olimlarni ilmiy stajirovkalarga yuborish yuzasidan tanlov e’lon qildi.

Shu munosabat bilan, 2021-yilning 1-may sanasiga qadar ilmiy stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlardan hujjatlar qabul qilinadi.

Nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagi tartibda Vazirlikka taqdim etiladi:

  • oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan mazkur Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar yuqori turuvchi vazirlik va idoralarga (Buyurtmachi) taqdim etiladi;
  • o‘z navbatida, Buyurtmachi taqdim etilgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)larni Nizom talablari asosida ko‘rib chiqadi.

Bunda:

  • hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lsa, rasmiy xat bilan elektron shaklda Vazirlikning info@mininnovation.uz elektron manziliga yuboriladi;
  • hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, nomzodlar tavsiya etilgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga tegishli tartibda kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.

Shuningdek, Nizomning 9-bandida belgilangan zarur hujjatlarni ko‘rib chiqish, mutaxassislik fanidan chet tilida suhbat o‘tkazish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasi va ko‘nikmalarini aniqlash bevosita Buyurtmachi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Nomzodlarning saralash tanlovlari Vazirlik tomonidan ikki bosqichda ko‘rib chiqiladi. Bunda, quyidagilar:

  • birinchi bosqichda hujjatlarning to‘liq va sifatli tarzda taqdim etilishi;
  • ikkinchi bosqichda nomzodlar taqdimot himoyasida xorijiy tillarni o‘zining ish faoliyatini amalga oshirishda zarur bo‘lgan darajada bilishi
    va qo‘llay olishi;
  • ilmiy stajirovkaning maqsad va vazifalarining dolzarbligiga hamda ilmiy yoki iqtisodiy samaradorligi;
  • ilmiy stajirovkaning ilmiy-tadqiqot va/yoki oliy ta’lim muassasasining yo‘nalishlari, ehtiyojlari va talablariga mosligi yuzasidan puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda ishtirok etishlari talab qilinadi.

Tanlov haqida batafsil ma’lumot uchun: https://mininnovation.uz/uz/news/2907#

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nine + 1 =