“INNOWEEK-2023” INNOVATSION GʻOYALAR HAFTALIGINING RASMIY OCHILISHI BO’LIB O’TDI

17.10.2023

Joriy yilning 16-20-oktabr kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Kreativ taʼlim va innovatsiya – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida» InnoWeyek-2023» innovatsion gʻoyalar haftaligining rasmiy ochilish marosimi “Alpomish” muz saroyida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov kirish so‘zi ochib, kelganlarni samimiy qutladi.

– Har yilgidan farqli oʻlaroq, joriy yilda haftalik nafaqat poytaxtimiz, balki butun respublikamizni qamrab oldi, – dedi I.Abdurahmonov. – Global innovatsion indeksda Oʻzbekiston 84-oʻringa koʻtarildi. Xalqaro hamkorlar bilan, ularning birga amalga oshirilayotgan hamkorliklar orqali biz bu reytingda yanada yuqori ko‘rsatkichlarga erishamiz. Ijodkorlik muhitini yanada rivojlantirib, mamlakatimiz iqtisodiyotini fan va texnologiyalar bilan rivojlantirib boramiz. Haftalikda 450 dan ortiq hamkorlar bilan 60 dan ortiq platformada ish olib boriladi.

Ochilish marosimida, shuningdek, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi raisi Ulvi Ramiz oglu Mehdiyev, Koreya Gyeongsangbukdo viloyati gubernator o‘rinbosari Lee Dal Hui, Mohammed Bin Rashid nomidagi davlat innovatsiyalar Markazi (BAA) Abeer Tahlak, senator Dilorom Toshmuhamedova va boshqalar ishtirok etdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 + eight =