“INNOWEEK-2023” INNOVATSION G‘OYALAR HAFTALIGI RASMIY YOPILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

20.10.2023

“Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida davom etgan “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z nihoyasiga yetdi.

Haftalikning rasmiy yopilish marosimi “Alpomish” muz saroyida bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov kirish so‘zi bilan ochib, kelganlarni samimiy qutladi.

Tantanali yopilish marosimida haftalik doirasida faol ishtirok etgan xorijiy va mahalliy tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, oliy ta’lim muassasalari matbuot kotiblari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda o‘tkazilgan tadbirlardagi ishtiroki uchun “Eng faol oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi hamda fan va innovatsiyalar bo‘yicha turli tanlov g‘oliblari taqdirlandi.

Ta’kidlash joizki, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti “InnoWEEK-2023” innovatsion g’oyalar haftaligining «Eng faol oliy ta’lim muassasasi” deb topildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 − one =