“INNOWEEK”– INNOVATSION G‘OYALAR HAFTALIGIDA ISHTIROK ETING!

25.09.2019

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi  joriy yilning 29–31 oktyabr kunlari  “UzEkspoMarkaz” milliy ko‘rgazmalar kompleksida chet el va mahalliy ilmiy-innovatsion markazlar, investitsion jamg‘armalar, texnologik agentliklar, texnoparklar, biznes inkubatorlarni bir davrada jamlaydigan “INNOWEEK” innovatsion g‘oyalar haftaligini o‘tkazadi.

Ikkinchi bor tashkil etilayotgan “INNOWEEK” haftaligi mahalliy tadbirkorlar va bo‘lajak sarmoyadorlar uchun yangi innovatsion texnologiyalar bilan tanishish, chet el sarmoyadorlarini jalb etish va ishonchli hamkorlar topish uchun ajoyib imkoniyatdir. O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning yetakchi ishbilarmon doira vakillari, yetuk olimlar, kompaniya boshqaruvchilari ishtirok etishi kutilayotgan haftalik doirasida Xalqaro innovatsion ko‘rgazma, Xalqaro innovatsiyalar va investitsiyalar forumi hamda xalqaro robototexnika musobaqasi o‘tkaziladi. Tadbirga 2011 yili kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Dan Shextman tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni innoweek.uz  saytidan olishingiz mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × 4 =