«INNOWEEK.UZ-2021» INNOVATSION G‘OYALAR HAFTALIGIGA START BERILMOQDA

22.11.2021

Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Innovatsiyalar Milliy ofisi YILNING ENG INNOVATSION tadbiri — «InnoWeek.Uz-2021» Innovatsion g‘oyalar haftaligi 23-27 noyabr kunlari o‘tkazilishini e’lon qiladi!

«InnoWeek.Uz-2021» innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida korporativ aloqalar, tashabbuskor biznesga yo‘naltirilgan ko‘plab tadbirlar tashkil etiladi:

  • Innovatsion-investitsion forum;
  • Xalqaro interaktiv yarmarka hamda uning doirasida oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning ilmiy ishlanmalariga bag‘ishlangan forum;
  • «Sun’iy intellekt — texnologik rivojlanish asosi» mavzusida xalqaro konferensiya.

«InnoWeek.Uz-2021» qiziqarli uchrashuvlar va tadbirlarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Haftalik doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda biz bilan bo‘ling!

23-27 noyabr kunlari «InnoWeek.Uz-2021» Innovatsion g‘oyalar haftaligida innovatsiyalar olamini kashf qiling!

Manzil: Innovatsion rivojlanish vazirligi (Olmazor tumani, Universitet ko‘ch, 7).

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × five =