INSONNING ONA TILI UNING DUNYOQARASHIGA  TA’SIR QILADI(MI?)

20.02.2023

Torontolik olim, jurnalist Alison Motluk bu masalani atroflicha o’rganib chiqdi. Biz so’zlashadigan tillar bizning fikrlashimizga ham o’z  ta’sirini o’tkazadimi? Bu bizning dunyo qarashlarimiz bir biridan farq qilishi yoki qay jihatdan o’xshashligi haqida nima deya oladi? Chet tillarini o‘rganish istagida bo’lgan deyarli barcha bu fikr haqida bosh qotirib ko’rgan bo’lishi mumkin.

Bir qarashda bu fikr haqiqatga yaqin. Chunki eng soda, mazmunan o’xshash ma’lumotlarni  yetkazib berishingiz uchun ham inson o’z miyyasida boshqa tilda so’zlovchilarnikidan tamomila farq qiluvchi mulohazalarga tayanishadi.

Tasavvur qiling sizdan stol ustidagi qalamlarni sanash so’raldi. Inliz tilida gapiruvchi insonlar  odatda predmetning  soni va nomi haqidagi ma’lumotlarni berishadi. Masalan: two yellow pencils (ikkita sariq qalam). Rus tilida  ushbu  ma’lumot predmetning  jinsini va yaponiyaliklar esa shaklini ham inobatga olishlari kerak.

“Miya tajriba asosida shakllanadi,- deydi Berlikdagi Kaliforniya universiteti professori Den Slobin. ”Ba’zi  odamlar til inson qarashlarini o’zgartiradi deyishadi, – deydi Massachusets texnologiya instituti xodimi Lera Borotskiy (asli Belarusiyalik, tillar bo’yicha professor, olima). Qisqa qilib aytganda, bu sizning fikrlashingizni o’zgartiradi.

Ma’lum bir tilda biror narsa haqida ma’lumot berish uchun tilning faqat ma’lum faktorlariga e’tibor qaratiladi. Keling buni oddiy misollar yordamida tahlil qilamiz.

Misol uchun, Koreys tilda oddiygina “salom” deyish uchun siz murojaat qilayotgan odamdan katta yoki kichik ekanligingizni bilishingiz kerak.

Ispan tilida so’zlashuvchilar ma’lum shaxs bilan rasmiy yoki norasmiy uslubda ko’rishishlari uchun shu shaxs bilan qay darajada yaqin ekanliklarini inobatga olishlari zarur.

Yapon tilida “Men” so’zining qaysi shaklini ishlatishni aniqlash uchun jinsingiz va nisbiy maqomingiz kabi narsalarni o’z ichiga olgan murakkab strukturani talab qiladi.

Slobinning ta’kidlashicha bu jarayon biz muhim deb bilgan narsalarga va dunyo haqida qanday fikr yuritishimizga o’z ta’sirini ko’rsatadi.                              

Egamova Rushana,
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti,
Media va kommunikatsiya fakulteti 2-bosqich talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

8 + два =