“INSPIRING WOMEN IN SCIENCE” TANLOVI DAVOM ETMOQDA

27.03.2024

Ayol-qizlarni tabiiy va aniq fanlarga jalb qilishga qaratilgan $50,000 mukofotli “Inspiring Women in Science” tanlovi damom etmoqda.

Talablar:
Tanlov ikki kategoriya bo‘yicha o‘tkaziladi. Birinchi toifada ayollarni STEM sohasiga rag‘batlantira oluvchi g‘oyaga ega barcha qatnasha oladi, ikkinchi toifa esa, faqat ayol-qizlar uchun mo‘ljallangan. Tanlov ingliz tilida bo‘lgani uchun nomzodlardan ingliz tilini bilish talab qilinadi.

Foydali tomonlari:
– Ikki kategoriya bo‘yicha g‘olibga 50,000 AQSh dollari miqdorida mukofot puli beriladi;
– Londondagi taqdirlash marosimiga taklifnoma beriladi. Londondagi turar joy, safar xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi;
– G‘oliblarning ishlari Nature.com saytida chop etiladi.

Hujjat topshirishning so‘nggi muddati 2024-yil 8-aprel.

Batafsil ma’lumot.