ISLOM TARAQQIYOT BANKIDAN STIPENDIYALAR TANLOVI

04.02.2021

Islom taraqqiyot banki tomonidan 2021-2022-o’quv yilida dunyoning nufuzli universitetlarining bakalavriat (Undergraduate), Magistratura (Masters), Aspirantura (PhD research Programme) va post doktorantura (Post-Doctoral Research Programme) yo’nalishlari bo’yicha tahsil olish uchun stipendiya tanlovi e’lon qilindi.

Islom taraqqiyot banki ma’lumotiga kora, nomzodlar muayyan talablarga javob berishlari zarur, ular hujjatlar natijasi asosida tanlab olinadilar.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo’lgan nomzodlar arizalarini 2021-yil 28-fevralga qadar Islom taraqqiyot banki platformasi orqali taqdim etishlari mumkin: www.isdb.org/scholarships

Chet tilida tuzilgan hujjatlarga ularning ingliz yoki fransuz tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi kerak.

Shuningdek, mazkur stipendiya tanlovi to’g’risidagi qo’shimcha ma`lumot bilan Islom taraqqiyot banki www.isdb.org/scholarships  veb-saytida tanishish mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × four =