ISPANIYANING KADIZ UNIVERSITETI VAKILLARI O’ZDJTUDA

11.10.2023

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori prof. Ilhomjon Tuxtasinov Ispaniyaning Kadiz universiteti xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Rafael Jiménez Castañeda hamda universitetning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo xalqaro markazi – CUNEAC rahbari Andres Santana Arribasni qabul qildi.

Uchrashuv davomida Oʻzaro hamkorlikni rivojlanish, jumladan tilshunoslarni universitetimizga yuborish, sertifikat berish huquqi bilan ispan tili test markazini tashkil qilish borasidagi takliflar berildi.

Shu kuni universitet rahbarlari ishtirokida Roman-german filologiyasi fakultetida tashkil etilgan ISPAN-OʻZBEK TILLARI MARKAZIning tantanali ochilish tadbiri boʻlib oʻtdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × 4 =