ITALIYA BILAN OLIY TA’LIM SOHASIDA HAMKORLIK RIVOJLANADI

23.11.2019

2019-yilning 22-noyabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Italiyaning Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Italiya tomonidan Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana, viloyatning moliya va byudjet masalalari vaziri Davide Karlo Kaparini, Prezident apparati boshlig‘i Djuliya Martinelli, Italiyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Andrea Bertotssi va boshqa bir guruh yuqori martabali mehmonlar ishtirok etdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov mehmonlar bilan o‘zbek iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlashda Italiya bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Lombardiya viloyati Milan, Bergamo, Insumbriya kabi 13 ta universitetga ega bo‘lgan Italiyaning yirik ilm-fan markazlaridan biri sanaladi. Lombardiyaning iqtisodiy rivojlanishida ilmiy tadqiqot markazlarining o‘rni katta bo‘lgan, kichik va o‘rta korxonalar taraqqiyoti ham bevosita ilmiy izlanishlarniing amaliyotga tatbiq etilishi bilan chambarchas bog‘langan.

Inomjon Majidov delegatsiya a’zolariga hamkorlik tashabbusi uchun minnatdorchilik bildirib, Italiya universitetlari filiallari uchun O‘zbekiston hukumati soliq, bojxona, moddiy-texnik baza bo‘yicha keng imtiyozlar berishga tayyorligini alohida ta’kidladi.

– Biz O‘zbekiston bilan oliy ta’lim sohasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish tarafdorimiz, – dedi Attilio Fontana. – Universitetlarimiz mustaqil qaror qabul qilishadi, nafaqat Bergamo, Insumbriya, Milan, balki boshqa universitetlar bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi, ularga tashriflar tashkil etishga imkoniyat yaratib beramiz.

Uchrashuvda Inomjon Majidov vazirlik Milan universiteti bilan veterinariya-meditsina, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat, ilm-fan, texnika sohalarida, Bergamo universiteti bilan injeneriya sohasida, Insumbriya universiteti bilan esa biotexnologiya va hayot haqidagi fanlar bo‘yicha hamkorlik qilishga doim tayyorligini qayd etib o‘tdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seventeen − twelve =