JAHON TILLARI UNIVERSITETI XITOY XALQ RESPUBLIKASI OTMLARI BILAN HAMKORLIKNI YANADA KENGAYTIRMOQDA

06.07.2024

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o’qituvchilari ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida boʻlib turibdi.

Aytiz joizki, O’zDJTU Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Yuldashev Xusanboy Ibragimovich va OTM pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori Abidjanov Alisher Saxibovich Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davomida, XXRning bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralarni olib bordilar.

Jumladan, Beijing Language and Culture University (BLCU) va Beijing University of Chemical Technology (BUCT) rahbariyati bilan olib borilgan maqsadli uchrashuvlar davomida taraflar – oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish; OʻzDJTU o‘qituvchilari hamda talabalari uchun grantlar ajratish; chet tillari, xususan, xitoy tili oʻqituvchilarining malakasini oshirish; til tashuvchilarni universitetga jalb qilish, qolaversa ilmiy-tadqiqot va boshqa sohalarda hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 + seven =