JANUBIY KOREYANING OTMLARI BILAN O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI O’RTASIDA HAMKORLIK SHARTNOMALARI IMZOLANDI

28.03.2023

Toshkentda Oʻzbekiston-Koreya oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi boʻlib oʻtdi.

Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 27-mart kuni Oʻzbekiston-Koreya oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi oʻtkazildi. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida boʻlib oʻtgan xalqaro forumda 40 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etdi.

Anjumanda ikki mamlakat oliygohlari o‘rtasida ta’lim va fanni yanada integratsiyalashtirish, salohiyatli kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur forumda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Bahrom Kulmatov ham ishtirok etdi. Forum davomida Janubiy Koreyaning bir nechta yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o’rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seven − seven =