JANUBIY KOREYANING YANA BIR OLIYGOHI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUM IMZOLANDI

28.03.2023

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Janubiy Koreya oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Shuningdek, 27-mart kuni Toshkent shahrida bo’lib o’tgan Oʻzbekiston-Koreya oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi doirasida Koreyaning “Duksung Womens University” universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti rektorlari o’rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Unga ko’ra kelgusida tomonlar o’rtasida hamkorlikda ilmiy hamda badiiy adabiyotlar yaratish, professor-o’qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yish va ularning tajribasini oshirish, shuningdek, birgalikda yangi ta’lim yo’nalishlarini ochishga kelishildi.

SamDCHTI

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

12 − 10 =