‘JAPAN DIGITAL UNIVERSITY’ BILAN ISTIQBOLLI REJALAR MUHOKAMA QILINDI

12.12.2022

Joriy yilning 9 dekabr kuni Yaponiyada safarda boʼlib turgan OʼzDJTU rektori U.Аzizov boshchiligidagi delegatsiya Japan Digital University vasiylik kengashi raisi, «Digital Knowledge Co., Ltd Japan» korxonasi asoschisi va rahbari Xaga Xiroaki bilan Tokioda uchrashdi.

Uchrashuv davomida U.Аzizov va X.Xiroaki OʼzDJTU bilan hamkorlikda Oʼzbekistonda faoliyat yuritayotgan Japan Digital University boʼyicha fikrlar almashdilar va kelajakgagi istiqbolli rejalarni muhokama qildilar.

Xususan, Japan Digital University faoliyatini respublikamizda kengaytirish, Yaponiyadan ilgʼor taʼlim texnologiyalarini jalb etish hamda oʼzbekistonlik yoshlarni kelajakda Yaponiya kompaniyalarida ishlashlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida 100 000 000 ien miqdorda mamlakatimizga investitsiya kiritishga kelishib oldilar.

Bundan tashqari tomonlar Oʼzbekistonda xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar yuzasidan fikr amlashdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eight + 12 =