JAZOIR OLIY TAʼLIM VAZIRINING MASLAHATCHISI O’ZDJTU RAHBARIYATI BILAN UCHRASHDI

20.12.2023

20-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet rahbariyati vakillari Jazoir Oliy taʼlim vazirining maslahatchisi Miloud Fatxallahni qabul qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar ushbu davlat oliygohlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Jumladan, Jazoir tomoni bepul tarzda universitetning 100 nafar arab va fransuz tili guruhi talabalarini til koʻnikmalarini oshirish, professor-oʻqituvchilarni malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun qabul qilishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Shuningdek, Jazoir Oliy taʼlim vazirining rus tili va boshqa taʼlim yoʻnalishlarida qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish boʻyicha takliflari haqida maʼlumot berildi.

Universitet rektori I. Tuxtasinov hamkorlikka doim ochiqligimiz, Jazoir universitetlaridan rus va boshqa tillarni oʻrganishni istagan talabalarni hamda arab va fransuz tillari boʻyicha malakali professor-oʻqituvchilar, til sohiblari OʻzDJTUga yuborilsa maqsadga muvofiq boʻlishini taʼkidlab oʻtdi.

Uchrashuv soʻnggida tomonlar kelgusidagi hamkorlik samarali boʻlishiga ishonch bildirdilar.