JAZOIRNING O’ZBEKISTON BILAN HAMKORLIK QILUVCHI UNIVERSITETI YANA BITTAGA KO’PAYDI

28.02.2024

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Jazoirning Biskra universitetlari o’rtasida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Hamkorlik doirasida aprel-may oylarida har ikkala universitet 150 soatlik o’qituvchilarni malaka oshirish kurslariga qabul qilishga kelishib oldi.

Shuningdek, sentyabr oyidan boshlab fransuz va arab tillarida ta’lim berishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Bu talabalarga til ko’nikmalarini oshirish va global miqyosda raqobatbardosh bo’lish imkoniyatini beradi. Tashabbus, har ikki universitetning ta’lim sohasidagi hamkorligini kengaytirish va o’zaro tajriba almashish imkoniyatini yaratadi.

Ushbu hamkorlik ikki universitet o’rtasidagi ilmiy va akademik aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eighteen − 14 =