JAZOIRNING AL-WADIY UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK KENGAYMOQDA

26.02.2024

Jazoirda bo’lib turgan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Jazoirning Al-Wadiy universitetiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya vakillarini Al-Wadiy universiteti rektori qabul qildi. Tashrif davomida delegatsiya vakillari universitetning bir qator fakultetlari, axborot resurs markazi, innovatsion texnologiyalar markazi, lingvistika, kimyo, biologiya va tibbiyot fanlari laboratoriyalari hamda universitet qoshidagi til o’qitish markazi bilan yaqindan tanishishdi.

Tashrif yakunida arab va fransuz tillarini o’rganish va o’qitish bo’yicha akademik almashinuv dasturlarini yanada kengaytirish bo’yicha kelishib olindi.