JURNALISTIKA TA’LIMIDA JANUBIY KOREYADAN O‘RGANADIGANLARIMIZ KO‘P

24.05.2019

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi ta’lim jarayonini yangicha, xalqaro standartlarga mos ravishda tashkil qilish, jamiyatga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, malakali kadrlarni yetishtirish yo‘lida tinmay izlanmoqda. Ayniqsa, bunda jahonning yetakchi universitetlarida jurnalistik ta’lim mazmuni, tajribalarni o‘rganish va ularning ilg‘or jihatlarini o‘quv jarayoniga tatbiq etishning ahamiyati katta. Shu maqsadda universitetimiz faoliyatini boshlagan joriy yilning o‘zidayoq, qator xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga jiddiy e’tibor qaratmoqdamiz. Ana shunday hamkorlik Janubiy Koreya Respublikasi universitetlari bilan ham amalga oshirildi. Joriy yilning 17-23 aprel kunlari universitetimiz rektori Sh.Qudratxo‘jayev boshchiligida delegatsiya xizmat safari bilan Janubiy Koreyada bo‘lib qaytdik. 


Safar dasturi doirasida delegatsiyamiz Janubiy Koreyaning bir qator universitetlarida bo‘lish, ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishish, hamkasblar bilan o‘zaro tajriba almashish, kelgusida o‘quv, ilmiy-amaliy hamkorlik masalalarini muhokama qilish, memorandumlar imzolash, birgalikda tashkil qilinadigan xalqaro ilmiy konferensiyada ma’ruzalar bilan ishtirok etish kabilar ko‘zda tutilgandi. 
Dastlab Kukmin (Kookmin) universitetida bo‘ldik. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, mazkur universitet dunyodagi eng nufuzli 1000 ta universitet ro‘yxatiga kirgan va Janubiy Koreya universitetlari reytingida eng kuchli 10 ta universitetdan biri hisoblanadi. Hozirda bu ta’lim muassasasida 20 ming talaba tahsil olib, ularning 1800 nafari xorijliklardir. Ularga 600 nafar professor-o‘qituvchi dars beradi.


Biz universitetda ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni, xususan multimedia, foto va tele laboratoriyalaria talabalar tomonidan uzluksiz ravishda olib borilayotgan amaliy mashg‘ulot jarayonlarini kuzatdik. Delegatsiyamiz a’zolari u yerdagi ta’lim tizimi, o‘quv dasturlari bilan ham yaqindan tanishib, Janubiy Koreyalik hamkasblari bilan kelgusida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida o‘qitiladigan fanlarda Koreya tajribasini amaliyotda qo‘llash masalalari bo‘yicha ham kelishildi. Shundan so‘ng ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu muhim hujjat talabalar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, magistrantlarning Double Degree dasturi bo‘yicha Janubiy Koreyada tahsil olishi kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.


Safarimizning ikkinchi kunida Songjungvan (Sungkyunkwan) universitetida bo‘ldik. Bu yerda bizni universitetning ijtimoiy fanlar departamenti professori Myung Yong Um kutib oldi. Songjungvan universiteti haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, bu oliy ta’lim muassasasi Sharqiy Osiyodagi eng qadimiy universitetlardan hisoblanib, unga 1398 yilda asos solingan. Bugungi kunda bu yerda 23000 nafar talaba tahsil olib, ularga 3000ga yaqin professor-o‘qituvchilar ta’lim beradi. Songjungvan universiteti xalqaro reytingda dunyodagi kuchli 100 ta universitetlar ro‘yxatiga kiritilgan. Janubiy Koreyaning o‘zida 10 ta eng nufuzli universitetlardan biri sanaladi. Universitetda ilmiy-tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratiladi. Talaba va o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan har qanday loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi. Bu borada o‘rganadigan jihatlar juda ko‘p. Masalan, 1996 yildan universitet turli ilmiy loyihalar orqali jahonga mashhur Samsung korporatsiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Mazkur universitetning media va ommaviy kommunikatsiyalar fakulteti (Media and Communication Department) hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o‘rtasida ikki tomonlama xalqaro hamkorlik memorandumi ham imzolandi. Unda universitetlararo ilmiy hamkorlik aloqalarni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning o‘zaro malakasini oshirish, universitetlar o‘rtasida talaba va magistrantlar almashinuvi dasturini yo‘lga qo‘yish kabi bir qancha yo‘nalishlar nazarda tutilgan.


Safarimiz dasturidan o‘rin olgan muhim tadbirlardan yana biri – xalqaro konferensiyada ishtirok etish bo‘ldi. Mamlakat poytaxti – Seul shahrida an’anaviy O‘zbek-Koreya ilmiy uchrashuvlarining davomi bo‘lgan “Media, Human, Society in Asia. Korea and Uzbekistan” – (Osiyoda axborot, inson, jamiyat: Koreya va O‘zbekiston) mavzusidagi xalqaro ilmiy media konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.


Konferensiyada koreyalik professorlar tomonidan zamonaviy ommaviy axborot vositalarida gumanitar fanlarning ahamiyati, Yangi New media rivojlanishidagi muammo va tendensiyalar, Osiyo ommaviy axborot vositalarining kontenti – tinchlik va farovonlik xizmatida, Koreyaning madaniy xususiyatlari va ularning ommaviy axborot vositalarida yoritilishi singari mavzularda ma’ruza qildilar. Shu bilan birga, delegatsiyamiz a’zolari tomonidan zamonaviy jurnalistikaning transformatsiya davridagi muammolari, New media kontekstida tomoshabinlarning roli, axborot texnologiyalari va ularning jurnalistikaga ta’siri, xalqaro jurnalistikaning rivojlanishida xorijiy tillarning ahamiyati mavzularida ma’ruzalar qilindi. Muhokamalar davomida yolg‘on axborotlarga qarshi kurashish, media kontent tayyorlashda tomoshabin/o‘quvchilarning ishtiroki, butun dunyo bo‘ylab OAV materiallariga ishonchni oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Konferensiya yakunida qilingan ma’ruzalar asosida to‘plam chop etildi.


Safar davomida yana bir ta’lim muassasasi Koreya Milliy Ochiq Universitetiga (KNOU) borishimiz ham rejalashtirilgan edi. Shunga muvofiq mazkur unversitetetda bo‘lib, u yerda talabalarning bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdik. Mazkur universitet 1972 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning boshqa universitetlardan farqli tomoni shundaki, bakalavr hamda magistr talabalarga masofaviy tarzda talim berish keng yo‘lga qo‘yilgan, ya’ni dars mashg‘ulotlari onlayn video maruzalar tarzida olib boriladi. Masofaviy ta’lim bo‘yicha mazkur universitet Janubiy Koreyada 1-o‘rinda turadi. Hozirda universitetda 110 mingdan ziyod talaba masofaviy ta’lim oladi. Bunday ta’limning qulayligi – talabalar Koreya davlatining barcha hududlaridan turib, professor-o‘qituvchilarning ma’ruzalarini onlayn tinglaydilar yoki ko‘ra oladilar. Buning uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ularga 254 nafar professor-o‘qituvchi saboq beradi. Talabalar semestr yakunida universitetning hududiy ta’lim markazlariga borib, imtihon topshirishadi va uning natijalari asosida keyingi bosqichga o‘tkaziladi. 


Delegatsiyamiz a’zolari, shuningdek ta’lim muassasasining o‘zida tashkil etilgan raqamli multimedia markaz (Digital Broadcasting Centre) va unda masofaviy talim uchun qo‘llanadigan texnologiyalar, onlayn maruzalar tayyorlash jarayoni bilan ham yaqindan tanishdilar. Ikki universitet o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar jarayonida xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, masofaviy talimni jurnalist kadrlar tayyorlashda kengroq joriy qilish mexanizmlarini ishlab chiqish xususida ham fikr va tajriba almashildi.


Safarimiz dasturiga Janubiy Koreya universitetlari bilan birgalikda eng mashhur KBS (Korean Broadcasting Sustems) teleradiokompaniyasiga media tur tashkil etilishi ham ko‘zda tutilgan edi. Darvoqe, shu o‘rinda alohida qayd etish lozim, o‘zbek tomoshabinlari tomonidan sevib tomosha qilingan koreys seriallari aynan KBSda tasvirga olinadi. O‘z faoliyatini 1927 yilda boshlagan va shu yili Koreya radio uzatish tizimi sifatida efir yuzini ko‘rgan bo‘lsa, 1971 yilga kelib KBS ommaviy teleradiokompaniyaga aylantirildi. 


Biz KBS faoliyati bilan yaqindan tanishtiruvchi pavilonda bo‘ldik. Ahamiyatlisi, bu yerda istalgan sayyoh, mehmon yoki tadqiqotchi kompaniya tarixi, buguni, umuman faoliyati bilan tanisha turib, o‘zini 3D formatdagi studiyada KBS muxbiri yoki boshlovchisi sifatida his etishi mumkin. 


Shuningdek, safar chog‘ida Koreyaning yana bir yirik multimedia korporatsiyasiga ham tashrif buyurdik. MBC – Janubiy Koreyaning yetakchi multimedia korporatsiyasi hisoblanadi. Munhwa koreys tilida “madaniyat” ma’nosini anglatadi. Korporatsiya 1961 yil 2 dekabrda tashkil topgan bo‘lib, bugungi kunda uning tarkibida multimediaviy reklama yo‘nalishidan tashqari bitta telekanal, 3 ta radiokanal, 5 ta kabel va 5 ta yo‘ldosh kanallari mavjud.


MBC teleradiokompaniyasi xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan davra suhbati chog‘ida uning direktori Jean Xur va universitetimiz rektori Sh. Qudratxo‘jayev kelgusida universitet va korporatsiya o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga, yangiliklar tayyorlash, madaniyat, kino va hujjatli film bo‘limlarida O‘zJOKU talabalarining malaka oshirishlari xususida ham to‘xtalib, kelgusi yilida O‘zJOKU va MBC kompaniyasi o‘rtasida xalqaro hamkorlik memorandumini imzolashga ham kelishib olishdi. 


O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti xodimlari tomonidan Janubiy Koreyaga qilingan besh kunlik safar juda sermazmun va taassurotlarga boy bo‘ldi. O‘ylaymizki, ulardan o‘rgangan tajribalarimiz va kelgusida yo‘lga qo‘yadigan hamkorligimiz har tomonlama yetuk, malakali kadrlarni yetishtirib chiqarishga xizmat qiladi.

Biz KBS faoliyati bilan yaqindan tanishtiruvchi pavilonda bo‘ldik. Ahamiyatlisi, bu yerda istalgan sayyoh, mehmon yoki tadqiqotchi kompaniya tarixi, buguni, umuman faoliyati bilan tanisha turib, o‘zini 3D formatdagi studiyada KBS muxbiri yoki boshlovchisi sifatida his etishi mumkin. 


Shuningdek, safar chog‘ida Koreyaning yana bir yirik multimedia korporatsiyasiga ham tashrif buyurdik. MBC – Janubiy Koreyaning yetakchi multimedia korporatsiyasi hisoblanadi. Munhwa koreys tilida “madaniyat” ma’nosini anglatadi. Korporatsiya 1961 yil 2 dekabrda tashkil topgan bo‘lib, bugungi kunda uning tarkibida multimediaviy reklama yo‘nalishidan tashqari bitta telekanal, 3 ta radiokanal, 5 ta kabel va 5 ta yo‘ldosh kanallari mavjud.


MBC teleradiokompaniyasi xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan davra suhbati chog‘ida uning direktori Jean Xur va universitetimiz rektori Sh. Qudratxo‘jayev kelgusida universitet va korporatsiya o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga, yangiliklar tayyorlash, madaniyat, kino va hujjatli film bo‘limlarida O‘zJOKU talabalarining malaka oshirishlari xususida ham to‘xtalib, kelgusi yilida O‘zJOKU va MBC kompaniyasi o‘rtasida xalqaro hamkorlik memorandumini imzolashga ham kelishib olishdi. 


O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti xodimlari tomonidan Janubiy Koreyaga qilingan besh kunlik safar juda sermazmun va taassurotlarga boy bo‘ldi. O‘ylaymizki, ulardan o‘rgangan tajribalarimiz va kelgusida yo‘lga qo‘yadigan hamkorligimiz har tomonlama yetuk, malakali kadrlarni yetishtirib chiqarishga xizmat qiladi.

Nagina IBRAGIMOVA,
O‘zJOKU ta’lim sifatini nazorat
qilish bo‘limi boshlig‘i

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. Musi
    #1 Musi 28 Sentabr, 2023, 23:59

    If I want to go and study this university which subjects should i learn other than english? Please don’t ignore my question

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

восемнадцать − 9 =