JURNALISTIKANING ASOSIY KO‘NIKMALARI BO‘YICHA ONLAYN-TRENING

06.05.2021

Internews Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ko‘magida amalga oshirilayotgan Markaziy Osiyo MediaCAMP dasturi doirasida jurnalistikaning asosiy ko‘nikmalari bo‘yicha o‘tkaziladigan bepul onlayn-treningga arizalarni qabul qilmoqda.

Trening sanasi — 26-may – 4-iyun, 2021-yil (trening kunora, kechki payt bo‘lib o‘tadi).

Trening kimlar uchun?

  • Yosh jurnalistlar
  • Jurnalistika fakultetlari talabalari
  • Jurnalistika fakultetlari bitiruvchilari

Treningda Buyuk Britaniya, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistonning eng yaxshi so‘z ustalari va murabbiylari sizga:

  • yangilik nima ekanini va axborot oqimidan eng ahamiyatlisini ajratib olishni;
  • manba bilan qanday munosabat o‘rnatishni va axborotning to‘g‘riligini tekshirishni;
  • voqealarni yoritishda va yangiliklar qahramonlari bilan munosabatlarda etika me’yorlariga qanday rioya qilish zarurligini;
  • auditoriya qiziqishlarini hisobga olgan holda, axborot materiallarini qanday tayyorlash kerakligini

o‘rgatadilar.

Trening tili — rus tili / o‘zbek tili (sinxron tarjima).

Ariza topshirish muddati — 2021-yil 19-may Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha.

Trening haqida qo‘shimcha ma’lumot olish va ariza shaklini to‘ldirish uchun quyidagi havolaga o‘ting:
https://newreporter.org/uz/2021/05/05/zhurnalistikaning-asosij-konikmalari-bojicha-treningga-arizalar-qabuli-boshlandi/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

10 + seventeen =