JURNALISTLAR UCHUN TANLOV — «IQLIM O’ZGARISHI: SAYYORAMIZNING KELAJAGI BIZNING QO’LIMIZDA»

04.06.2020

Yevropa Ittifoqining «Wecoop» loyihasi Markaziy Osiyo jurnalistlari o’rtasida «Iqlim o’zgarishi: sayyoramizning kelajagi bizning qo’limizda» tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2020-yilning 31-iyuliga qadar elektron manzilga murojaat qiling va Chexiya Respublikasiga o’quv safarini yutib oling!

Tanlovning maqsadi — iqlim o’zgarishi haqidagi bilimlarni oshirish va yopiq sikl iqtisodiyotiga o’tishni rag’batlantirishdir.

Tanlov natijalari asosida ikkita g’olib tanlab olinadi. G’oliblar 2020-yilning sentyabr oyida  Wecoop loyihasi tomonidan tashkil etiladigan eng yaxshi texnikani o’rganish uchun Chexiya Respublikasiga tashrif buyurishadi.

Nomzodlar  iqlim o’zgarishi mavzusidagi rus, ingliz yoki qozoq, qirg’iz, tojik, turkman, o’zbek tillaridan biridagi jurnalistik materiallarni rus yoki ingliz tillariga tarjima qilingan holdagi variant bilan birga taqdim etishlari lozim. 2019-yil 15-oktyabrdan 2020-yilning 31-iyuligacha bo’lgan davrda bosma yoki elektron ommaviy axborot vositalarida chop etilgan yoki efirga uzatilgan jurnalistik materiallar tanlovda ko’rib chiqiladi.

Batafsil: https://wecoop.eu/media-contest/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nine + three =