KOGNITIV SEMANTIKAGA BAG’ISHLANGA SEMINAR BO’LIB O’TDI

25.11.2024

«Butundunyo taraqqiyot va ma’rifat kuni» munosabati bilan O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili 2-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari 2 kafedrasida «Kognitiv semantika fanida konseptualizasiya va kategorizasiya masalasi» mavzusida ilmiy-nazariy seminar oʻtkazildi.

Ma’lumki, har yili noyabr oyida nishonlanadigan ushbu kunda odatda fanning jamiyatdagi muhim o‘rni va yuzaga kelayotgan ilmiy masalalari muhokama qilinadi. Ushbu kun ilm-fanni jamiyat bilan chambarchas bog‘lash orqali fuqarolarning ilm-fan yutuqlari haqida xabardorligini oshirishga qaratilgan.

O’tkazilgan seminar bugungi kun zamonaviy tilshunoslik sohalaridan biri bo’lmish “Kognitiv semantika” fanining obyekti va predmetiga asoslangan.

Mazkur seminarning o‘ziga xos jihati unda moderator va ma’ruzachilar sifatida yosh olimlar – mustaqil tadqiqotchi va kafedra doktorantlari, mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etib, “Kognitiv semantika” sohasidagi dolzarb mavzularda ilmiy tadqiqot o‘tkazish metodlari va ularni qo‘llash yuzasidan o‘zaro tajriba almashdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × 1 =