“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: MUAMMO VA YECHIMLAR”| Xalqaro ilmiy–amaliy onlayn konferensiyasida ishtirok eting

23.03.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli Qarori, 2013 yil 23 maydagi “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1971-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 6 martdagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2021 yilda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 122-sonli buyrug‘iga muvofiq 2021 yilning 19 aprel’ kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Zamonaviy axborot texnologiyalari kafedrasi, Axborot-kommunikasiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, IT-Park, “O‘zbekistonda xorijiy tillar” ilmiy-elektron jurnal va internet portali hamkorligida “Kompyuter lingvistikasi: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy–amaliy onlayn konferensiyasi o‘tkaziladi.

Quyidagi sho’balar bo‘yicha ilmiy tezislar qabul qilinadi:

  • Kompyuter lingvistikasining hozirgi kundagi muammo va yechimlari.
  • Kompyuter lingvistikasi va sun’iy tafakkur.
  • Amaliy kompyuter lingvistikasida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridanfoydalanish samaradorligini oshirish.
  • Dasturiy mahsulotlarni yaratish va amaliyotga joriy etishda innovasion yechimlar.
  • Ta’limda interaktiv o‘quv vositalarining rolini oshirish masalalari.

Konferensiya ishchi tillari: o‘zbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, ispan, turk tillari .
Konferensiyani o‘tkazish tartibi: ushbu onlayn konferensiya joriy yilning 19 aprel’ kuni soat 10.00da ZOOM dasturida www.conference.fledu.uz platformasida o‘tkaziladi. Konferensiyaga yaqin ishtirokchilarga konferensiyaga ulanish havolasi yuboriladi.
Konferensiyada ishtirok etish shakli: chiqish (video-chiqish), muhokamalarda ishtirok.

Yo‘nalishlar bo‘yicha kelib tushgan tezislar matni va video-chiqishlar (3-4 min.) platformaga joylashtiriladi.

Tezislarni rasmiylashtirishning texnik talablari:
Matn hajmi kamida – 3-5 bet, format – Microsoft Word, shrift – Times New Roman, matn maydoni – yuqori va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan – 1,5 sm, qatorlar oralig‘i – 1 interval, harflar 14 shriftda. Yuqoridan bosh harflar bilan tezis sarlavhasi yoziladi, bir intervaldan so‘ng muallifning to‘liq ismi-sharifi, OTM, fakulteti, lavozimi to‘liq yoziladi, bir interval tashlanib matn beriladi. Tezislarda manbalarga havolalar [ ] da matn ichida qo‘yilib, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidagi raqam asosida ko‘rsatilishi shart (Masalan, [7, 128.]).

Tezislarni e’lon qilishga ketadigan xarajatlar mualliflar hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan (Tezis hajmidan qat’iy nazar narxi 60 000 so‘m).
Tezis mualliflariga sertifikat (bepul) taqdim qilinadi. Tashkilotchilar tezislarni saralash va tahrir qilish huquqiga ega.

Tezislar o‘zbek, rus va boshqa xorijiy tillarida 2021 yil 15 aprelga qadar compling.uz@gmail.com elektron pochta orqali qabul qilinadi.

Tashkiliy qo‘mita manzili: Toshkent shahri, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Zamonaviy axborot texnologiyalari kafedrasi.

Murojaat uchun telefon raqamlari: Sh.Maksimkulova +99890960854
M.Payazov +998909296601
M.Aliev +998974456588

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

ten − 6 =