2022 yil 20 aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Koreya Respublikasining Keimyung universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Kim Seon Jung boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi
Uchrashuv avvalida TDShU rektori G.Rixsiyeva mehmonlarga yaqin hamkorlik uchun samimiy minnatdorchilik bildirib, universitet faoliyati, o‘quv jarayonlari hamda ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Uchrashuvda universitetlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik doirasida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda elektron darsliklar yaratish va nashr etish, ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, 2022/2023 o‘quv yilida Koreya hukumati tomonidan iqtidorli talabalar uchun grantlar ajratish masalalari muhokama qilindi.
Keimyung universiteti uzoq yillardan buyon TDShU bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi. TDShU va Keymyung universiteti o‘rtasida 2021 yil 12 dekabr sanasida Anglashuv memorandumi imzolanib, hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha Yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.