KOREYALIK REKTORLAR OʻZBEKISTON-KOREYA OLIY TAʼLIM MUASSASALARI REKTORLARI FORUMI  DOIRASIDA SAMARQANDDA BO‘LISHDI

29.03.2023

Koreyalik rektorlar forum doirasida Samarqandda bo‘lishdi.

Samarqand davlat universitetida olib borilgan muzokaralarda tomonlar ilm-fan, taʼlim va innovatsiya sohalarida istiqbolli hamkorlik doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish kabi masalalarni muhokama qilishdi.

Muzokaralar yakunida Koreyaning Kangvon, Tongmyong universitetlari bilan professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, qo‘shma taʼlim dasturlari, koreys tilini o‘rganish kurslarini tashkil qilish, magistratura bosqichida qo‘shma taʼlim va yozgi maktab dasturlarini ishlab chiqish yuzasidan memorandumlar imzolandi.

Shuningdek, Yonnam va Kukmin universitetlari bilan ilmiy loyihalarda hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli akademik sohalarda kadrlar almashinuvi hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Shundan so‘ng, delegatsiya a’zolari qadimiy shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.

http://www.edu.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eighteen − four =