KOREYALIKLAR O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIM TIZIMI BILAN TANISHISHDI

01.08.2019 497

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti tinglovchilaridan iborat delegatsiyasi qabul qilindi.

Joriy yilning 31 iyul sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandum doirasida yurtimizga tashrif buyurgan Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti tinglovchilaridan iborat delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Delegatsiya ishtirokchilarini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U. Begimkulov qabul qildi.

Yig‘ilishda mehmonlarga yurtimiz oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, Koreya Respublikasi bilan malakali kadrlar tayyorlash yo‘lida birgalikda olib borilayotgan loyihalar xususida taqdimot qilindi.

Koreya delegatsiyasi O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimining tuzilishi, boshqaruv strukturasi, boshqaruvni isloh qilish borasida qilinayotgan ishlar, tizimda elektron hukumat, zamonaviy AKT, kadrlar tayyorlash bosqichlari bilan qiziqdi.

Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti tinglovchilari kelgusida mamlakatning turli boshqaruv organlarida faoliyat ko‘rsatadi. Uchrashuvda tomonlar oliy ta’lim ta’lim tizimida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.