KOREYANING O‘ZBEKISTONDAGI ELCHIXONASI VAKILLARI O’zDJTUGA TASHRIF BUYURDI

29.01.2020

Bugun, 29-yanvar kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Koreyaning O’zbekistondagi elchixonasi vakillari tashrif buyurdi.

Mehmonlar Yun Chjin Van (maslahatchi), Kan Chi U (1- kotib), Ku Kvan Il (Ta’lim va madaniyat ishlari bo‘yicha 2-chi kotib), Mirzayeva Barno (tarjimon) O’zDJTU rektori G’.Raximov boshchiligidagi universitet vakillari bilan uchrashdilar.

Rasmiy uchrashuv davomida tomonlar ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha bir qancha masalalarni ko’rib chiqdilar. Jumladan, Koreya OTMlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish; volontyorlarni keyingi o‘quv yillariga keng jalb etish; talabalar, magistrantlar, doktorantlar almashinuvini amalga oshirish; professor-o‘qituvchilarni Koreya OTMlariga malaka oshirishga yuborish; Koreya OTMlari bilan hamkorlikda xalqaro konferensiya, seminar-trening va master-klasslar tashkil etish; O‘zDJTU qoshidagi “Ipak yo‘li tadqiqotlar markazi” faoliyatiga koreyalik talaba, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni jalb qilish yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Rasmiy uchrashuvdan so’ng koreyalik vakillar O’zDJTU axborot-resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

six + 20 =