KUALA LUMPURDA 8-GLOBAL OLIY TAʼLIM FORUMI BO’LIB O’TMOQDA

15.11.2023

Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi delegatsiyasi Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida boʻlib oʻtayotgan 8-Global oliy taʼlim forumida ishtirok etmoqda.

“Teng imkoniyatlarning tiklanishi: pandemiyadan keyingi davrda oliy ta’lim” mavzusida oʻtkazilayotgan ushbu forum dunyoning 17 dan ortiq davlatlari oliy taʼlim sohasidagi yetakchi mutaxassis va ekspertlarini bir joyga toʻpladi.

Forum doirasida QS xalqaro universitetlar reytingida 137-oʻrinni egallagan Malayziya milliy tadqiqot universiteti (Universiti Sains Malaysia) hamda Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi oʻrtasida qoʻshma yoʻl xaritasi imzolandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

11 − four =