KUZIYEV TURSUNALI KARIMDJONOVICH MADANIY MEROS AGENTLIGI DIREKTORI VAZIFASINI BAJARUVCHISI ETIB TAYINLANDI

05.11.2021

Kuziyev Tursunali Karimdjonovich 2021 yil 5 noyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Tursunali Kuziyev Toshkent davlat sanʼat institutini tamomlab, o‘z mehnat faoliyatini Surxondaryo viloyati Madaniyat fondi raisi, keyinchalik P.Benkov nomidagi Respublika badiiy bilim yurti direktori sifatida davom ettirdi.

2017 yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi rahbarining ilmiy–ijodiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ish olib borgan.

Tursunali Kuziyev «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” faxriy unvoniga ega, Vetnam Sotsialistik Respublikasining “Do‘stlik” ordeni hamda Ukraina, Rossiya, Yaponiya, Eron, Misr davlatlarining qator orden va medallari bilan taqdirlangan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 + 5 =