LATVIYA HUKUMATI O‘ZBEKISTON FUQAROLARI UCHUN STIPENDIYALAR TAKLIF ETADI

10.02.2021

Muddati: 2021-yil 1-aprel.

Mamlakat: Latviya.

O‘zbekiston Respublikasinig Latviyadagi Elchixonasi tomonidan ushbu davlatning Fan va ta’lim vazirligi bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo’yilgan bo‘lib, hozirda ta’lim va tadqiqot sohalariga grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha faol ishlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.

Shu bois, Latviya hukumatining Ta’limni rivojlantirish bo‘yicha Davlat agentligi 2021/2022-o‘quv yillari uchun O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari ilmiy xodimlari, o‘qutuvchi va talabalari uchun stipendiya va grantlar ajratishni rejalashtirmoqda.

Ushbu stipendiya va grantlar 3 ta dastur bo‘yicha taqdim etiladi:
1. Ta’lim.
2. Stajirovka.
3. Yozgi maktab.

Agar siz Latviya mamlakatida ilmiy tadqiqotlar yoki stajirovka o‘tash niyatida bo‘lsangiz Latviyaning Ta’limni rivojlantirish bo‘yicha Davlat agentligining https://viaa.gov.lv/scholarships veb-sahifasi orqali tanishib chiqib, 2021-yilning 1-aprel sanasiga qadar ariza berishingiz mumkin.

Batafsil: https://viaa.gov.lv

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

17 − 4 =