20GA YAQIN XORIJLIK MUTAXASSISLARNI JAMLAGAN XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

02.07.2020

Kuni kecha Samarqand davlat chet tillar institutida an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan “Madaniyatlararo muloqot O’zbekiston turizm nigohida: tajriba, dolzarb muammolar va istiqbollar” mavzusida bo’lib o’tgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada, asosan, xorijiy davlatlardan Fransiya, Ispaniya, Belgiya, Germaniya, AQSH, Angliya, Xitoy, Janubiy Koreya, Misr Arab Respublikasi hamda Tojikiston singari davlatlardan ko’plab professor-olimlar, madaniyat va turizm sohasi vakillari, muzeyshunoslar, ilmiy tadqiqotchilar va xorijiy til bo’yicha mutaxassislar ishtirok etishdi.

Shuningdek, xalqaro anjuman doirasidagi masalalar muhokamasiga bag’ishlangan 200 ga yaqin ilmiy maqola kelib tushgan. Shulardan 20 dan ortiq ma’ruzalar xorijiy ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan.

«Xalqaro ilmiy anjuman tahririyatiga kelib tushgan maqolalardan ishtirokchilarning turizm, xorijiy til va madaniyat sohasidagi fikr-mulohazalarini o‘rgangan holda quyidagi soha mutaxassislari va professorlarini alohida qayd etish lozimki, ularning hozirgi davrda turizm sohasini aynan O‘zbekiston sharoitida rivojlantirish masalalariga qaratilgan fikr va mulohazalari e’tiborga molikdir. Xususan, professorlar Safarov Shaxriyor Safarovich, Emmanuel Egbiyon, Karlos Uriart Sanchez, Li Chensyuy, Miriam Fopiani Roman, Juraqulov Jamshed, Najd Hassan Raffi, Alexandro Pastrana , Mashxura Alimova, Paskal Bryune, Marin de Talens kabilar shular jumlasidandir», – deydi SamDCHTI rektori I.Tuxtasinov o’z kirish nutqida.

Mazkur anjumanni o’tkazishdan asosiy maqsad O’zbekistonning boy madaniy merosini dunyoga tanitish va unda madaniyatlararo muloqot taraqqiyotining til, madaniyat va tarix bilan bog’liq ilmiy va nazariy asoslari, shuningdek, turizm sohasi vakillarining tilga xos va ijtimoiy-madaniy muloqot salohiyatini rivojlantirish hamda madaniyatlararo muloqotning arxeologik aspektini o’rganishning nazariy va amaliy asoslarini muhokama qilishdan iboratdir.

Samarqand davlar chet tillar instituti
Samarqand davlar chet tillar instituti
Samarqand davlar chet tillar instituti
Samarqand davlar chet tillar instituti

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × 3 =