MAKTAB O‘QUVCHILARI O‘RTASIDA O’ZBEK TILI BO’YICHA TANLOV O‘TKAZILADI

15.10.2019

Joriy yilning 9-oktyabridan 8-noyabrigacha “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganining o‘ttiz yilligini keng nishonlash maqsadida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi.

Ta’lim berish tilidan qat’iy nazar, 21-oktyabrga qadar barcha umumta’lim maktablarining 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida maktab miqyosida, o‘zbek tilida diktant yoziladi.

5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 4 bosqichli “O‘zbek tilim – iftixorim” mavzusida insholar va “Davlat tilim challenge” ijodiy ishlar tanlovlari o‘tkaziladi.
Ta’lim rus, qozoq, tojik, turkman, qirg‘iz, qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktab o‘quvchilari ham ushbu tanlovda ishtirok etishi mumkin.

“Davlat tilim challenge” ijodiy ishlar tanlovida maktab jamoalari she’r, qo‘shiq, nutq, kreativ bayram tabrigi ko‘rinishidagi ijodiy ishlarini ijtimoiy tarmoq sahifalarida #davlattilimchallenge xeshtegi ostida yoritgan holda ishtirok etadi.

Maktab jamoalari videolavha shaklidagi ijodiy ishlarini joriy yilning 23- oktyabriga qadar rtm@xtv.uz elektron manzili yoki +99894-618-19-87 raqami “telegram” kanaliga yuborishlari mumkin.

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida qatnashish uchun Toshkent shahriga taklif etiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × 5 =