MALAYZIYA BILAN TA’LIM SOHASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

14.01.2025

Kuni kecha O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Malayziya Fanlar Universiteti (USM) Til, savodxonlik va tarjima maktabi (SoLLaT) o‘rtasida akademik hamkorlik masalalarini muhokama qilish bo‘yicha onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki tomon vakillari ishtirok etib, hamkorlikning bir qator muhim yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.

Muhokama jarayonlaridan  quyidagi masalalar o‘rin oldi:

  1. Qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish.
  2. Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish.
  3. Tilshunoslik, ta’lim va madaniyat tadqiqotlari sohalarida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish.
  4. Masofaviy ta’limni rivojlantirish uchun qo‘shma onlayn kurslar va veb-seminarlar tashkil etish.

Tomonlar ushbu hamkorlikni amalga oshirishga katta qiziqish bildirgan holda 2025-yil fevral oyida o‘tadigan O‘zbekiston-Malayziya Universitetlari Forumi doirasida hamkorlikni rasmiylashtirishga kelishib olishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fourteen + sixteen =