MALAYZIYA TEXNIK HAMKORLIK DASTURI O‘ZBEKISTON VAKILLARI UCHUN 2020-YILGA MO‘LJALLANGAN O‘QUV SEMINARLARI AJRATDI

25.02.2020

Malayziya texnik hamkorlik dasturi (Malaysian Technical Cooperation Program) doirasida O‘zbekiston vakillari o‘quv kurslarida ishtirok etish uchun taklif etiladi, – deb xabar bermoqda «El-yurt umidi» jamg’armasi.

Kuala-Lumpur shahrida:

2020-y. 13-apreldan – 17-aprelga qadar -«Strategic management of the anti-corruption programme.

2020-y. 14-iyundan – 25-iyunga qadar – «Water Resources Management System».

2020-y. 22-iyundan – 28-iyunga qadar  – «Revolution in Malaysia’s construction sector».

2020-y. 22-iyundan – 28-iyunga qadar  – «Islamic capital market as a catalyst for economic growth».

2020-y. 20-iyuldan – 26-iyulga qadar – «Physical infrastructure development».

2020-y. 6-sentyabrdan 12-sentyabrgacha – «Epidemiological research and management programme».

Melaka shahrida:

2020-y. 6-iyuldan – 12-iyulga qadar – «Simplification of Customs Trade Procedures»

2020-y. 3-avgustdan 9-avgustgacha – «Customs procedures in e-commerce»

Putradjaya shahrida:

2020-y. 17-sentyabrdan 3-oktyabrgacha – «Protection and Preservation of Cultural Heritage for Sustainable Tourism Development».

2020-y. 5-iyundan – 11-iyulga qadar – «Strategies in development and management of ecotourism directions and products».

Talablar:

-nomzodlar ingliz tilini bilishi kerak (yaxshi darajada);

-kurslarni muddati alohida rasmiy veb-saytida ko‘rsatilgan;

Kurslar haqida batafsil ma’lumot olish va elektron so‘rovnomasi mavjud.

Barcha xarajatlar, xalqaro avia chiptalar, shu jumladan, turar joy va ovqat mezbon tomonidan qoplanadi.

Ma’lumot uchun:

Malayziya texnik hamkorlik dasturi – bu o‘quv dasturi bo‘lib, turli sohalarda qisqa va o‘rta muddatli o‘quv kurslarida o‘qitish va malaka oshirish shaklida, shu jumladan, O‘zbekistonga texnik yordam ko‘rsatish uchun yaratilgan. MTHD kotibiyati ma’lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar dastur bo‘yicha o‘zbekistonlik ishtirokchilarning umumiy soni 603 nafarni tashkil etgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fourteen − 3 =