MARKAZIY OSIYO JURNALISTIK SURISHTIRUVLAR MAKTABIGA QABUL BOSHLANDI

19.02.2021

Internews MediaCAMP dasturi doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston OAV jurnalistlari, blogerlari, mustaqil jurnalistlari uchun jurnalistik surishtiruvlar maktabi o‘tkazilishi haqida ma’lum qiladi.

Jurnalistik surishtiruvlar maktabi mashg‘ulotlarining mavzulari:

  • Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistondagi matbuotga oid qonunchilik
  • Jurnalistik surishtiruv nima?
  • Tadqiqotni rejalashtirish. “Xona” va “maydon” bosqichlari
  • Surishtiruvchi jurnalistlar faoliyatidagi noqonuniy xatarlar va ularning kamaytirish
  • Surishtiruvchi jurnalistning axloqiy va kasbiy standartlari
  • Axborotlarni tizimlashtirish va tahlil qilish. Ma’lumotlar to‘plami va uning surishtiruvchi faoliyatidagi ahamiyati
  • Odamlar ma’lumot manbai sifatida. Manbalar bilan ishlash va ularni himoya qilish
  • Kuzatuv ma’lumot to‘plash usuli sifatida
  • “Maydon”da ishlashni rejalashtirish – kuzatuv ko‘nikmalarini shakllantirish va yashirin ish olib borish
  • Surishtiruv jarayonida hujjatli ma’lumot manbalari
  • Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistondagi ochiq axborot resurslari
  • Surishtiruv jarayonida intervyu. Suhbatga tayyorlanish va uni o‘tkazish
  • Fakt va ma’lumotlarni tekshirish
  • Storitelling. Televizion surishtiruvlarda, bosma nashr, onlayn va ijtimoiy tarmoqlarda materialni taqdim qilishning o‘ziga xosliklari.

Maktab o‘tkaziladigan manzil — Olmaota shahri (Qozog‘iston)
Mashg‘ulotlar sanasi — 14-20-may, 2021-yil (COVID-19 bilan bog‘liq karantin cheklovlari joriy qilinsa, sanalar ko‘chirilishi mumkin).

Tadbir tili — rus tili

Maktabda kimlar ishtirok eta oladi?
Surishtiruv janrida ishlaydigan faol OAV jurnalisti, bloger, mustaqil jurnalistlar.

Arizalarni saralashdagi asosiy mezonlar:

  • Ishtirokchining jurnalistik surishtiruv janridagi tajribasi;
    OAV va ijtimoiy tarmoqlarda nashr etilgan maqolalarining mavjudligi;
  • Kelgusidagi surishtiruvlar uchun mavzularning shakllangani;
  • Mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun motivatsiya.

Eng qiziqarli surishtiruv mavzulari murabbiylar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Safar va turar joy xarajatlari tashkilotchi tomonidan qoplanadi.

Ariza topshirish muddati — 19-mart, 2021-yil.

Batafsil ma’lumot va ariza to‘ldirish uchun havola: https://newreporter.org/uz/2021/02/18/markazij-osiyo-zhurnalistik-surishtiruvlar-maktabi/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eleven − 2 =