MEDIAAKSELERATORDA ISHTIROK ETISH UCHUN TANLOV E’LON QILINDI

08.04.2021

Internews O‘zbekistondagi media loyihalar uchun Mediaakseleratorda (medialoyihalar rivojini jadallashtirish) ishtirok etish uchun tanlov e’lon qilmoqda.

Mediaakselerator – bu yangi media formatlari va yoshlar mediasi uchun ta’lim onlayn platformasi.

Tanlovda amaldagi medialoyihalar, shuningdek, prototiplar va g‘oyalar ishtirok etishi mumkin.

O‘qish sanasi — 11-may – 25-iyun 2021-yil.

Arizalar yangi ishga tushirilgan media loyihalardan, yoshlar mediasi, ijtimoiy xizmatlar platformalaridan foydalanadigan yangi formatdagi medialar, mobil ilovalardan qabul qilinadi.
Bundan tashqari, tanlovga ishlab chiqilgan tayyor media-startapi bor, ammo ishni nimadan boshlashni bilmayotgan yoki loyihani ishga tushirish uchun mablag‘i yetishmayotgan jamoalar ham ariza topshirishlari mumkin.

Mediaakselerator quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

  • O‘qitish
  • Moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish

G‘oliblarni saralash ochiq tanlov asosida ikki bosqichda o‘tkaziladi:

Arizachining salohiyati va taklifning innovatsiyaviyligi baholanadi.
Saralashdan o‘tib qisqa ro‘yxatga tushgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi.

Ariza topshirish muddati — 25-aprel, 2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 23:00 ga qadar.

To‘liq ma’lumot va ariza shakli quyidagi havolada (https://newreporter.org/uz/2021/04/02/ozbekistondagi-media-lojihalar-uchun-mediaakseleratorda-media-lojihalar-rivozhini-zhadallashtirish-ishtirok-etish-uchun-tanlov/ ).

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seventeen − 13 =