“MEDIALINGVISTIKA: NAZARIYA VA AMALIYOT” MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO’LIB O’TADI

01.02.2020

“Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” yili va O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi munosabati bilan O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (O‘zJOKU)da 2020-yil 29-aprel kuni “Medialingvistika: nazariya va amaliyot” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tadi.

Konferensiya quyidagi sho‘balar bo‘yicha ilmiy maqolalar qabul qiladi:

  • Medialingvistikaning nazariyasi va amaliyoti;
  • Onlayn jurnalistikasi: til, uslub muammolari;
  • Matbuot materiallari tahlili va tahriri;
  • Audiovizual jurnalistikada medialingvistika masalalari;
  • PR: mahorat masalalari.

Maqolalar o‘zbek va rus tillarida 2020-yil 1-aprelga qadar elektron va qog‘oz variantida quyidagi manzilda qabul qilinadi: Toshkent shahri, Yunusobod tumani Markaz 5, 88 uy, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, 1-qavat, 203-xona. “Medialingvistika” kafedrasi. Elektron manzil: Medialingvistika@mail.ru.

Murojaat uchun telefon raqam: L.I.Toshmuxamedova +99899 8526448,
+99890 9919585

Maqolani rasmiylashtirish tartibi bilan havola orqali tanishishingiz mumkin:

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

12 − 2 =