«MEDIAXAKATON – 2023″GA ARIZALAR QABULI DAVOM ETMOQDA

09.01.2023

Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi O’zbekiston OAV tahririyatlari o’rtasida Mediaxakaton – 2023 da ishtirok etish uchun tanlov e’lon qiladi.

Mediaxakaton – 2023da quyidagilar bo’yicha bilim beriladi:

  •  kontent
  •  ЅMM
  •  Data-jurnalistika
  •  vizualizatsiya
  •  mediamenejment.

Mediaxakaton – 2023 ishtirokchilari medialoyihalarni yaratish va uzoq muddatli mentorlik uchun grantni yutib olish uchun tanlovda qatnashish imkoniyatiga ega.

Kimlar ishtirok eta oladi – O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikasining barcha hududlaridagi OAV tahririyatlari jamoalari.

Mediaxakaton – 2023 yakunlariga ko’ra eng yaxshi loyiha ishlab chiqqan oltita tahririyat tanlanib, ular 10 ming AQSh dollarigacha bo’lgan grantlar va davomiy mentorlik bilan qo’llab-quvvatlanadi.

O’tkazilish sanasi – 13-17 mart, 2023-yil (5 kun).

O’tkazilish joyi – Bo’stonliq tumani, Toshkent viloyati.

Tadbir o’zbek va rus tillarida o’tkaziladi.

Ariza topshirish muddati – 30-yanvar 2023-yil.

Batafsil ma’lumot va ariza topshirish ushbu HAVOLAda

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × 5 =