MIRZO ULUG‘BEK TAVALLUDINING 630 YILLIGI MUNOSABATI BILAN XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO’LIB O’TDI

14.05.2024

O‘zbekiston milliy universitetida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

O‘zbekiston milliy universitetida buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan “Mirzo Ulug‘bek – buyuk mutafakkir olim va davlat arbobi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro anjumanda so‘zga chiqqan O‘zbekiston milliy universiteti rektori Inom Madjidov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev so‘nggi yillarda buyuk allomalarimiz qoldirgan ma’naviy merosni o‘rganish va targ‘ib qilish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, Mirzo Ulug‘bekning davlat arbobi va qomusiy olim sifatidagi faoliyati haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Konferensiyada 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlar, xususan, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Ispaniya, Germaniya, Turkiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, shuningdek, respublikaning oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa ilmiy tashkilotlarning xodimlari, tadqiqotchilar ishtirok etdш.