MOSKVA DAVLAT XALQARO MUNOSABATLAR INSTITUTI – MDXMI (MGIMO) PROREKTORI ARTYOM VLADIMIROVICH MALGIN O’zDJTUGA TASHRIF BUYURDI

29.02.2020

2020-yil 28-fevral kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti vakillarini kutib oldi va shu kunning o’zida o’zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Jumladan, tomonlar – O’zDJTU bakalavriat yo’nalishi bitiruvchilarini ushbu institutning Toshkentdagi filialida yo’lga qo’yilgan “Sinxron va yozma tarjima nazariyasi va amaliyoti” magistratura mutaxassisligi bo’yicha o’qishga jalb qilishga; magistratura bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashda ko’maklashishga; turli yo’nalishlar bo’yicha tarmoq yoki qo’shma ta’lim dasturlarini hamkorlikda yo’lga qo’yishga; qolaversa, ikki tomonlama professor-o’qituvchilar almashinuvini, master-klass va seminarlar tashkil qilishga kelishib oldilar.

Shu kuni, mehmonlar universitet bilan yaqindan tanishdilar hamda Tarjimonlik fakultetida olib borilayotgan Sinxron tarjima darslarida ishtirok etishdi va talabalar bilan suhbatlashdilar.