MOSKVA MARKAZIDA ALISHER NAVOIY HAYKALI POYIGA GULLAR QO’YILDI

09.02.2024

9 fevral kuni buyuk o’zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan Moskva markazida qat ko’targan yodgorlik poyiha gullar qo’yish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Botirjon Asadov, diplomatik korpus xodimlari, MGLU o’zbek tili va madaniyati markazi direktori, Begam Qorayeva shuningdek, «O’zDJTU – MGLU» qo’shma ta’lim dasturi talabalari ishtirok etdilar.