MOSKVADA «TA’LIM SOHASIDA YEVROOSIYO INTEGRATSION JARAYONLARI» MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO’LIB O’TDI

26.09.2019

Joriy yilning 25-sentabr kuni Moskva davlat Xalqaro aloqalar institutida «Ta’lim sohasida Yevroosiyo integratsion jarayonlari: rus tilidagi ilmiy-nashriyotlar faoliyatining muammolari va istiqbollari» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

Mehmonlarni universitetning ilmiy ishlar bo’yicha prorektori E. M. Kojokin kutib oldi. Shuningdek, yig’ilganlarga o’z tabrik so’zlari bilan magistratura va xalqaro dasturlar bo’yicha prorektor A. A. Baykov, Rossiya federatsiyasi fan va oliy ta’lim vazirligining davlat ilmiy, ilmiy-texnikaviy va innovatsion siyosati departamenti direktori M. Y. Romanovskiy va «Русский мир» jamg’armasi ijrochi direktori o’rinbosari S. V. Shurigin murojaat etdilar.

Konferensiya ishida turli davlatlardan kelgan mazkur sohaning  vakillari o’z taqdimotlari bilan qatnashdilar. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, “O’zbekistonda xorijiy tillar” nomli elektron ilmiy-metodik jurnal va internet portalining adabiy-ilmiy muhariri U.Bekmuradov «O’zbekistonning ilmiy jurnallari: ularni rivojlantirish muammolari va istiqbollari (gumanitar yo’nalishdagi jurnallar misolida)» mavzusidagi taqdimoti bilan konferensiyada qatnashmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five + eight =