NAGOYA SHAHRINING O’RTA MAKTAB O’QUVCHILARI O’ZBEKISTONGA TASHRIF BUYURISHDI

29.08.2024

Nagoyaning yigirma nafar o’rta maktab o’quvchilari O’zbekiston bo’ylab qiziqarli sayohatlarini JICA va O’zbekiston-Yaponiya Markaziga (UJC) tashrif buyurishdan boshladilar. Ushbu tashrif madaniy aloqalarni mustahkamlash va dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan ta’lim safarining muhim qismiga aylandi.

O’quvchilarining Toshkent Islom universitetida informatika fanidan dars berayotgan nagoyalik Yasuyuki Mori bilan uchrashdilar. Toyota Motor korporatsiyasida ko’p yillik tajribaga ega JICA ko’ngillisi janob Mori o’qitishda foydalanadigan bilimlari va tajribalari bilan o’rtoqlashdi.

Shuningdek mehmonlar Kana Ishigami honim bilan uchrashib, turli madaniyatlarni qamrab olgan muhitda ishlash bilan bog’liq qiyinchiliklarni qanday yengish kerakligi haqida bilib oldilar.

Ma’ruzalardan so’ng nagoyalik o’quvchilar O’zbekiston-Yaponiya markazida yapon tilini o’rganayotgan yoshlar bilan uchrashishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × four =