NAMANGAN DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTIDA «SLAVYAN KALEYDOSKOPI» TADBIRI TASHKIL ETILDI
15.01.20252025 yil 15 yanvarda Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida Filologiya va tillarni o’qitish yo’nalishi talabalari tomonidan tashkil etilgan «Slavyan kaleydoskopi» madaniy-ma’rifiy tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirning maqsadi ishtirokchilarni slavyan xalqlarining boy madaniy merosi, ularning an’analari, shevalari, til va adabiyoti bilan tanishtirishdan iborat bo’ldi.
Dastur doirasida talabalar slavyan madaniyatining folklor va musiqadan tortib falsafa va tarixgacha bo’lgan turli jihatlarini ko’rib chiqqan bir qator qiziqarli va ma’rifiy chiqishlarni tayyorladilar.
Tadbirda talabar slavyan tillarini o’rganishda foydalaniladigan ko’nikmalarni, masalan tarjima mahoratini, turli tillarda matnlar bilan ishlashni namoyish etdilar, shuningdek, slavyan grammatikasi asoslari bo’yicha mahorat darslari o’tkazdilar.
Tadbirga kitoblar va qo’lyozmalar, shu jumladan noyob nashrlar ko’rgazmasi tayyorlandi, bu esa barcha ishtirokchilarga slavyan adabiy an’analari muhitiga his qilish imkon berdi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.