NAMANGAN DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI O’QITUVCHISI BERLIN TEXNIKA UNIVERSITETIDA ILMIY IZLANISH OLIB BORMOQDA
18.01.2025Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining Nemis-fransuz tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi Ma’mura Sotvoldiyeva Germaniya Berlin texnika universitetida leksikografiya va metaleksikografiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy izlanishlarni olib bormoqda.
Ma’mura Sotvoldiyeva ilmiy izlanishlari yuzasidan shunday fikr bildirmoqda:
– Germaniya Berlin Texnika Universitetida leksikografiya va metaleksikografiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy izlanishlarni chuqur tahlil qilish, nazariy-pragmatik fe’llar lug‘atini yaratish ustida faoliyat olib borish baxti menga nasib etdi. Ushbu jarayonda Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti rektori R. Karimov, prorektor P. Lutfullayev, Nemis-fransuz tillari kafedrasi mudiri A. Tursunov, kafedra jamoasi, shuningdek, Xalqaro bo‘lim boshlig‘i N. Rahimovadan ko‘rsatilayotgan amaliy va ilmiy yordam uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman.
– Ilmiy faoliyat davomida Berlin Texnika Universiteti kutubxonasi resurslaridan foydalanish, ilmiy unvon uchun tashkil etilayotgan seminar va konferensiyalarda qatnashish, shuningdek, bir nechta davlat doktorantlari bilan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lishim mening izlanishlarimni yangi bosqichga olib chiqmoqda.
Shuningdek, tadqiqotchi har ikki davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlashini, o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni muvaffaqiyatli yakunlashni maqsad qilganligini ta’kidlab o’tdi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.