NAMANGAN DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTIDA KOREYA BURCHAGI OCHILDI

23.05.2023

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi janob Kuk Chan Xyon boshchiligidagi delegasiya Namangan davlat chet tillari institutida Koreya burchagining ochilish marosimida qatnashdilar. Mehmonlarni To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Ahrorbek Mansurov, institut rektori Po‘latxon Lutfullaev kutib oldilar.

Mehmonlarga koreys millati tarixiga oid ko‘rgazmalar, raqslar namoyish etildi. Janob Kuk Chan Xyon Koreya va O‘zbekistonning madaniyati, san’ati va tarixi bir-biriga o‘xshash ekanligi, mazkur burchakning ochilishi bu birdamlikni yanada mustahkamlashi to‘g‘risida fikrlarini aytdi. Kelgusida koreys tilini mukammal o‘qitilishi uchun elchixona orqali e’tibor qaratilishini bildirdi.

Tadbir davomida elchixona maslahatchisi talabalar bilan erkin muloqotda bo‘ldi. So‘ngra delegasiya Ishoqxon Ibrat majmuasi va muzeyida eksponatlar bilan tanishishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 − 7 =