NEMIS TILI O’QITUVCHILARI UCHUN STIPENDIYALAR

26.09.2023

Gyote-Institut 2024 yilda ham nemis tili fanidan dars beradigan yoki biron bir fanni nemis tilida olib boradigan o’qituvchilarga Germaniyada, shuningdek, oflayn, yoki Blended-Learning formatida (onlayn fazalar bilan) malaka oshirish uchun ko’plab imkoniyatlarni taklif etadi.

O’quv kurslari 3 xil formatda o’tkaziladi: (1) an’anaviy formatda, (2) aralash o’qitish formatida (an’anaviy format onlayn bosqichlar bilan) va (3) raqamli (faqat onlayn).

Ariza topshirishdan avval, malaka oshirish bo’yicha seminarlar mazmuni bilan tanishib chiqing va bir seminar turiga tegishli, sizning faoliyatingiz uchun zarur bo’lgan 3 ta seminarni tanlang. Seminarlar haqida qisqacha ma’lumotni bu yerda topishingiz mumkin.

Malaka oshirish seminarlari ro’yxati bilan tanishib chiqing:

Malaka oshirish seminarlari va til kurslari ro’yxati 2024 (oflayn va BL-formatida)(XLS, 215 kB).

Hujjatlarni quyidagi manzilga yuborish so’raladi: stipendien-taschkent@goethe.de

Arizalarni qabul qilish muddati: 2023 yil 15 oktyabr.

Batafsil ma’lumot uchun havola.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

18 + 3 =