NIDERLANDIYADAGI MAASTRIXT UNIVERSITETI 5 TA STIPENDIYANI TAKLIF ETADI

10.03.2020

Niderlandiyadagi Maastrixt universiteti gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar va aniq fanlar bo‘yicha bakalavriat talabalari uchun 5 ta stipendiya taklif etadi, deb xabar bermoqda «El-yurt umidi» jamg’armasi.

Kim qatnashishi mumkin?

– Maastrixt Universitetiga (UCM) qabul qilingan nomzod;

– Yevropa Ittifoqi fuqarosi bo‘lishi mumkun emas;

– hali (UCM) talabasi bo‘lmagan bo‘lishi kerak.

Stipendiya 3 yil (36 oy) uchun to‘lanadi.

Stipendiya nimalarni qoplaydi?

– harajatlar uchun oyiga 500 €;

– sug‘urta;

– viza to‘lovi 174 €;

– o‘qish to‘lovi 10 900 yevro.

Qanday topshirish kerak:

– UCMda bakalavr dasturi uchun ro‘yxatdan o‘tish;

– stipendiya uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni darhol portalga yuklanishi;

– to‘ldirilgan ariza shakli;

– daromad to‘g‘risidagi hujjat, masalan, ota-onaning oylik maoshining oxirgi daromadi;

– pasport fotosurati;

– pasport nusxasi;

– diplom va transkript nushasi;

– motivatsion xat;

– ingliz tilini bilish sertifikati (IELTS kamida 6.5, TOEFL 90).

Batafsil ma’lumot olish uchun:
https://www.maastrichtuniversity.nl/support/your-studies-begin/coming-maastricht-university-abroad/scholarships/ucm-scholarship

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × five =