NIMA UCHUN BA’ZI TILLAR YO‘QLIKKA YUZ TUTADI?

19.09.2022

O‘z ona tilida so‘zlashayotgan eng oxirgi inson nimalarni his qilishi mumkinligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Asrlar davomida yangi tillar paydo bo‘ladi, mavjud tillardagi so‘z boyliklari kundalik hayotda boshqa tillardagi yangi so‘zlar kirib kelishi, texnika rivojlanishi va boshqa ta’sirlar natijasida rivojlanib boradi. Biroq ayrim tillar iste’moldan chiqib, butunlay unutilib ketadi. Xo‘sh, tillar nima sababdan o‘z o‘rnini yo‘qotadi?

Yangi tillarni o‘rganish ona tiliga putur yetkazadimi?

Ushbu mavzu boyicha britannica.com saytida yozilishicha, kopchilik tillar sozlovchilarning keyingi avlodlari ikki tilli bolganliklari sababli yoqolib ketadi. Chunki yangi tillarni organib, ulardan keng foydalanishni boshlagan insonlar bora-bora ozlarining an’anaviy tillarini bilish qobiliyatini yoqota boshlaydilar. Bu kopincha ma’ruzachilar ijtimoiy va iqtisodiy afzalliklarga ega bolish yoki kamsitishlarga yol qoymaslik uchun obroliroq tilni organishga intilishganda sodir boladi. VII asrda arab tilining yuksalishidan song Misrda kopt tilining ogzaki til sifatida asta-sekin yoq bolib ketishi ushbu fikrning bir dalilidir. Zamonaviylik va globallashuv har bir tilning ma’lum darajada yemirilishini kuchaytiruvchi omil bolib xizmat qilmoqda. Butun dunyo xalqlari hukumat, tijorat, texnologiya, kongilochar va diplomatiya aloqalarida qollaniladigan umumiy tillarni qabul qilishga majbur bolmoqda.

Tillar uchun keyingi hayot bormi?

 Ko‘p hollarda, ha. Ko‘pincha tillarni mintaqaviy yoki etnik o‘ziga xoslik masalasi sifatida jonlantirishga harakat qiladigan sadoqatli himoyachilar topiladi. Bunga misol qilib milodiy II asrda so‘zlashuv tili sifatida yo‘q bo‘lib ketgan (garchi u din va ilmiy til sifatida qo‘llanilsa ham) ibroniy tilini olishimiz mumkin. Ibroniy tili XIX-XX asrlarda modernizatsiya qilingan shaklda qayta tiklandi va hozirgi kunda Isroilda millionlab odamlarning birinchi tiliga aylandi.

Muhammad Olim Nuriyaxonim Ulug‘bek qizi
O‘ZDJTU, Media va kommunikatsiya fakulteti talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × one =